Nevrologiya va tibbiy psixologiya kafedrasi professori Zarifboy Ibodullayev Radjabovichga Fransiya Oliy Psixomotor reabilitatsiya instituti (ISRP) «Faxriy professori» unvoni berildi.
Ushbu yuksak unvonni institut direktori, Faxriy legion ordeni sohibi Jerar Erman topshirdi.
Z.R.Ibodullayevga ushbu unvon Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasida “Psixomotor terapiya va reabilitatsiya” sohasida olib borayotgan samarali mehnatlari e’tirofi sifatida topshirildi.
Kafedra jamoasi nomidan ustozni bu unvonlar bilan tabriklaymiz.