Sizni 2024-yilning 16 noyabr kuni o‘tkazilayotgan «Yosh nevrologlar maktabi» ning 14 yilligiga bag‘ishlangan «Nevrologiyaning dolzarb muammolari – yosh nevrolog (mutaxassis) nigohida» mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyamizga taklif etayotganimizdan bag‘oyat xursandmiz
Konferensiya doirasida plenar (etakchi mutaxassislarning og‘zaki dokladlari) va yosh tadqiqotchilarning ilmiy-innovasion ma’ruzalari bo‘yicha tanlov (og‘zaki doklad orqali) bo‘lib o‘tadi.
Konferensiyada ishtirok etgan barcha mualliflar esdalik sertifikatlar bilan, g‘oliblar esa tegishli diplom bilan taqdirlanadilar.
Konferensiya o‘zbek, boshqird, rus va ingliz tillarida bo‘lib o‘tadi