Bizning kafedramizda 40 ga yaqin ilmiy xodim faoliyat olib boradi, shulardan 13 tasi professor( t.f.d), 8 tasi dotsent (t.f.n), 13 tasi assistent( 3 t.f.n)laridir. 2008 yildan buyon kafedramiz mudiri tibbiyot fanlari doktori, professor Raximbaeva Gulnora Sattarovna. Kafedrada davolash, tibbiy pedagogika va tibbiy profilaktika fakultetlarining 3,4 va 5 kurs bakalavr talabalari , tibbiy biologiya fakul`tetining 4 kurs bakalavr talabalari va oliy ma’lumotli xamshira fakul`tetining 1,2 –kurs talabalari “Nevrologiya”, “Tibbiy genetika” va “ Tibbiy psixologiya” fanlari bo’yicha, magistratura rezidentlari “Nevrologiya”, “Tibbiy genetika” va “ Tibbiy psixologiya” ; klinik ordinatura rezidentlari
“Nevrologiya”, “ Tibbiy psixologiya” mutaxasissliklari bo’yicha taxsil olishadi.
Kafedraning klinik bazalari TTA o’quv davolash komplekslari va tibbiy markazlardan «MedTashMI», «ShoxMed», «Asab va ruxiyat» klinikalarida joylashgan. Kafedramiz 100 yillik tarixga ega bo’lib, asab kasalliklari kafedrasi 1920 yilda Turkiston Davlat universiteti tibbiy
fakul`teti qoshida tashkil topgan.