Toshkent davlat tibbiyot universitetining Nevrologiya va tibbiy psixologiya kafedrasi

Bizning kafedramizda 40 ga yaqinga ilmiy xodim faoliyat olib boradi, shulardan 11 ta professor ( DSc), 14 ta dotsent (DSc, PhD), 13 ta assistent ( 7 PhD) lardir. 2008 yildan buyon kafedra mudiri tibbiyot fanlari doktori, professor Raximbaeva Gulnora Sattarovna.
Kafedrada davolash, tibbiy profilaktika, xalq tabobati fakultetlarining 4-va 5 -kurs bakalavr talabalari , tibbiy biologiya fakultetining 4 kurs bakalavr talabalari va oliy ma’lumotli xamshira fakul`tetining 2 –kurs talabalari “Nevrologiya”, “Tibbiy genetika” va“ Tibbiy psixologiya” fanlari bo’yicha, magistratura rezidentlari “Nevrologiya”, “Tibbiy genetika” va “ Tibbiy psixologiya” ; klinik ordinatura rezidentlari “Nevrologiya”, “ Tibbiy psixologiya” ,“ Neyroreanimatsiya” mutaxasissliklari bo’yicha taxsil olishadi.
Kafedraning klinik bazalari ToshDavTU o’quv davolash komplekslari va klinikalarida joylashgan. Kafedramiz 100 yillik tarixga ega bo’lib, asab kasalliklari kafedrasi 1920 yilda Turkiston Davlat universiteti tibbiy fakulteti qoshida tashkil topgan. T.f.d. professor Raximbayeva Gulnora Sattarovna 2008 yildan buyon nevrologiya kafedrasini boshqarib keladi va katamenal epilepsiyaning patogenetik mexanizmiga zamonaviy diagnostik yondashuvlar kabi ko’plab grantli loyixalarning asoschisi.
Prof Raximbayeva G.S ning yaratgan ilmiy maktabida zamonaviy nevrologiyaning asosiy muammolari ,metabolik entsefalopatiya, demensiya, bosh miya qon-tomir kasalliklari, miya pardalarining yallig’lanish kasalliklar va epilepsiya kabi mavzularda izlanishlar olib boriladi. Yuqorida ko’rsatilgan ilmiy tekshiruvlar natijalari bir necha marotaba xalqaro kongresslar, simpoziumlar, s’ezdlar va konferensiyalarda bayon etilgan shu jumladan: Fransiya, AQSH, Angliya, Shvetsiya, Finlyandiya, Avstriya, Belgiya, Shveytsariya, Gretsiya, Turkiya, Germaniya, Italiya Shvetsariya, Finlyandiya va boshqa ko’plab davlatlarda. G.S.Raximbayeva raxbarligida 20 dan ortiq tibbiyot fanlari nomzodlari va 10 dan ortiq tibbiyot fanlari doktori tayyorlangan, ko’plab darsliklar, patentlar, 500 tadan ortiq ilmiy maqolalar «scopus», «web of science», respublika va xalqaro jurnallarda chop etilgan.
Prof.G.S. Raximbayeva «Zdorov`e Uzbekistana», «Nevrologiya», «Jornal of Neurology and Neurosurgery research» jurnallari redaksion kollegiyasining a’zosi, O’zbekiston nevrologlar Assotsiatsiyasi raisi o’rinbosari, Xalqaro epilepsiya¬ga qarshi kurashish Ligasining (ILAE-CEA ) O’zbekiston bo’limi vitse-prezidenti, (EAN) – Xalqaro Yevropa Nevro¬loglar Akademiyasining , (IAPRD) – Xalqaro Xalqaro Parkinson kasalligi va xarakat buzilishlari Asssotsiatsiyasi, WFN (World Federation of Neurology) va( WSO) – “Xalqaro Insultga qarshi kurash” jamiyatlari a’zosi.
https://youtu.be/Cj_2vT0BcUg?si=XcIp0sQ4pdZe8sr2
Translate:
English
Russian
Uzbek