Davolash ishlari

Nevrologiya va tibbiy psixologiya kafedrasida davolash ishlariga alohida e’tibor qaratilgan. Kafedra professor, dotsentlari boshchiligida tashxisi mukammal, aniq bo’lmagan bemorlarni klinik muhokamalar o’tkazib tekshirish yo’lga qo’yilgan.  Bu muxokamlarda kafedra yosh ustozlari, klinik ordinatorlar, magistrlar va bakalavr talabalari ishtirok etishlari mumkin.

TTA Asab kasalliklari, tibbiy psixologiya va psixoterapiya kursi bilan kafedrasida Davolash ishlariga juda katta e`tibor beriladi. Kafedrada nevrologik, psixologik, genetik  kasalliklari bor bemorlarga yordam ko’rsatiladi. Barcha kafedra xodimlari o’z vazifalariga xolisona yondashgan holda klinikadagi tashxislash-davolash jarayonlarida, klinik va patologo- anatomik  konferentsiyalarda faol qatnashib keladilar.Bundan tashqari professor-o’qituvchilar tomonidan xaftaning belgilangan kunlari bo’lim bemorlari umumiy ko’rik soatlari o’tkaziladi.Kafedraning barcha bazalarida xodimlari o’zlariga yuklatilgan bo’limlarda maslahat-ko’riklarini olib boradilar.Bundan tashqari xar bir oyning belgilangan sanalarida sanaviatsiya kunlarida, yil davomida o’tkaziladigan salomatlik marafonlarida faol ishtirok etadilar.

Xulosa qilib aytganda,  kafedra hodimlarining davolash ishi bemorlarni tekshirish va davolash sifatini oshirib, akademiya va kafedra ilmiy salohiyatini oshirishga qaratilgan.

 

   

Translate: English Russian Uzbek