Ibodullayev Zarifboy Radjabovich

Ибодуллаев Зарифбой Раджабович

Zarifboy Ibodullayev

Zarifboy Ibodullayev – tibbiyot fanlari doktori, professor

Zarifboy Ibodullayev – Toshkent tibbiyot akademiyasi “Аsab kasalliklari, tibbiyot psixologiyasi va psixoterapiya” kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori. U 1965-yili 19-yanvarda Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida o`qituvchi oilasida tavallud topgan. Z. Ibodullayev Toshkent Davlat tibbiyot institutining davolash fakultetini 1988-yili “Davolash ishi” yo‘nalishi bo‘yicha tugatib akademik Nabi Majidov tavsiyasiga ko‘ra “Asab kasalliklari” kafedrasida yosh kadr sifatida qoldiriladi.

  1. Ibodullayev 1989-yili Toshken Davlat tibbiyot instituti “Asab kasalliklari” kafedrasi o‘quv-ilmiy laboratoriyasiga mudir etib tayinlanadi. 1991-yili 2-Toshkent Davlat tibbiyot institutining “Asab kasalliklari” kafedrasiga assistent lavozimiga ishga qabul qilinadi. 1994-yili prof. Asadullayev M.M. ilmiy rahbarligida 14.00.13 – Asab kasalliklari ixtisosligi bo`yicha “Qandli diabetda insult oldi serebrovaskulyar kasalliklarning klinik-neyrofiziologik hususiyatlari’ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlaydi.
  2. Ibodullayev 1995-yili Toshken Davlat tibbiyot instituti “Asab kasalliklari” kafedrasining dotsenti lavozimiga o`tkaziladi. 1997-yili rektor Karimov H.Yo. tashabbusi bilan “Tibbiyot psixologiyasi” kursi tashkil qilinadi va unga prof. Asadullayev M.M. tavsiyasiga binoan dotsent Ibodullayev Z.R. mudir etib tayinlanadi.
  3. Ibodullayev 1997-yilgacha deyarli psixiatriya fani mavzulariga o`xhsab qolgan tibbiyot psixologiyasi mavzularini qayta ko`rib chiqish zarurligini ilgari suradi. Bu taklif institut rahbariyati, hususan, rektor Karimov H.Yo. tomonidan ma`qullanadi. Z.Ibodullayev O`zbekistonda “Tibbiyot psixologiyasi” fanini o`qitishni Yevropa davlatlari o`quv dasturlariga moslashtirib tuzadi. Fan dasturini tuzishda asosiy urg`u “Psixosomatik tibbiyot” ga beriladi. Respublikada birinchi bo`lib tibbiyotda “Freyd nazariyasi va psixoanaliz” ta`limoti o`qitib boshlanadi.

2000-yildan boshlab “Tibbiyot psixologiyasi” kursi yangi ochilgan “Asab kasalliklari, tibbiyot psixologiyasi va tibbiy genetika” kafedrasida faoliyat korsatib boshlaydi. 2005-yili Z. Ibodullayev 14.00.13 – Asab kasalliklari ixtisosligi bo`yicha “Yarimsharlararo funksiyonal asimmetriya va serebral insultlarda neyropsixologik sindromlar, ularni korreksiya qilish yo`llari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlaydi. Ushbu ilmiy ish O`zbekistonda neyropsixologiyaga oid dastlabki doktorlik dissertatsiyasi edi. Z. Ibodullayev tomonidan 2002-yili ilgari surilgan 2 ta yirik konsepsiya, ya’ni ambidekstlarda insult modeli va miyaning psixologik himoya konsepsiyasi xorijlik olimlar, hususan I.M. Tonkonogiy (AQSh), H. Shonle (Germaniya), E.D. Xomskayada (Rossiya) katta qiziqish uyg‘otadi. 1979-yildan buyon AQSh da istiqomat qilayotgan I.M. Tonkonogiy Z. Ibodullayevni o`zi ishlayotgan ilmiy markazga taklif qiladi va ambidekstriyani o`rganishga oid ilmiy ishlarni birgalikda o`tkazishni taklif qiladi. Biroq ustozi E.D. Xomskaya “Bu taklifga rozi bo`lmang va ishni Toshkentda davom ettiring” deb tavsiya beradi.

2005-yili 1- va 2-Toshkent Davlat tibbiyot institutlari birlashtirilib Toshkent tibbiyot akademiyasi (TTA) tashkil qilinadi. Shu yili rektor, akademik Sh.I. Karimov tavsiyasiga binoan Z. Ibodullayev akademiyaning Ilmiy bo`limi boshlig`i etib tayinlanadi. Olim O`zbekistonning yirik tibbiyot institutlarida “Tibbiyot psixologiyasi” mutaxassisligi bo`yicha magistratura va klinik ordinatura yo`nalishlarini ochishni taklif qiladi. Rektor Sh.I. Karimov bu taklifni to`la qo`llab-quvvatlaydi va xorij davlatlari tajribasini atroflicha o`rganib chiqish, avval darslik tayyorlash, songra O`zbekistonga mos Davlat ta`lim standartini (DTS) ishlab chiqishni tavsiya etadi.

2008-yili Z. Ibodullayev tomonidan “Tibbiyot psixologiyasi” darsligi chop qilinadi. Ushbu fan bo`yicha O`zbekistonda ilk bora nashrdan chiqqan darslik 2009-yili “Yilning eng yaxshi darsligi” sovriniga sazovor bo`ladi. 2008-2010-yillari Z. Ibodullayev tomonidan “Tibbiyot psixologiyasi” fani bo`yicha magistratura yo`nalishi uchun DTS ishlab chiqiladi. Oliy ta`lim vazirligi mutaxassislari tomonidan qayta-qayta ekspertizadan o`tkazilgan DTS tasdiqdan o`tadi va uning asosida fan dasturi tayyorlanadi.

2011/2012-yillari Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent tibbiyot akademiyasida “Tibbiyot psixologiyasi” mutaxassisligi bo`yicha magistratura va klinik ordinatura yo`nalishlari ochiladi. Z. Ibodullayev “Tibbiyot psixologiyasi” mutaxassisligi bo`yicha magistratura direktori etib tayinlanadi. Respublika uchun uzoq kutilgan “Tibbiy psixolog” kadrlar tayyorlab boshlanadi.

  1. Ibodullayev tomonidan 2008-yili tayyorlangan “Tibbiyot psixologiyasi” darsligining 2-nashri 2012-yili, 3-nashri 2019-yili chop etiladi. O`z faoliyatini nevrologiya va keyinchalik neyropsixologiya sohasidan boshlagan olim asab kasalliklariga oid darsliklar va o`quv qo`llanmalarini ham chop qildiradi. 2013 va 2014-yillari “Asab kasalliklari” darsligi kirill va lotin alifbolarida nashrdan chiqadi. Bu darslik ham “Yilning eng yaxshi darsligi” sovriniga sazovor bo`ladi.

Professor Zarifboy Ibodullayev 160 dan oshiq ilmiy asarlar muallifi. Uning ilmiy rahbarligida nevrologiya, neyropsixologiya va tibbiyot psixologiyasi yo‘nalishlari bo‘yicha dissertatsiya ishlari tayyorlangan va tayyorlanmoqda. Z. Ibodullayev tomonidan “Asab kasalliklari” darsligi (2013, 2014, 2021), “Umumiy nevrologiya” darsligi (2021), “Tibbiyot psixologiyasi” darsligi (2008, 2012, 2019), nevropatologlar uchun “Insult va koma” (2014), “Epilepsiya” (2018), “Nevrologiya” (2017) nomli yirik qo‘llanmalari chop qilingan. Keng omma uchun mo`ljallangan “Asab va ruhiyat” nomli asar 2013-yildan buyon 4 marotaba nashrdan chiqdi va shu kunlarda 5-nashri chop qilinish arafasida. 2022-yili Turkiyada “Asab va ruhiyat” (Sinir va ruhiyat) kitobi turk tilida nashr yuzini ko`rdi.

So`nggi yillarda Z. Ibodullayev tomonidan chop qilingan ilmiy ishlar ro`yxati:

  1. Ibodullayev. Insult va koma. Vrachlar uchun qo`llanma. T.: 2014. – 196 b;
  2. Ibodullayev. Epilepsiya. Vrachlar uchun qo`llanma. T.: 2018. – 174 b;
  3. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik, 3-nashr. Toshkent. 2019. 494 b.
  4. Ibodullayev. Asab va ruhiyat. Ilmiy-ommabop risola. 4-nashr. 2019. 312 b.
  5. Ibodullayev. Asab kasalliklari. Darslik, 2-nashr. Toshkent. 2021. – 960 b.
  6. Ibodullayev. Umumiy nevroligiyai. Darslik, Toshkent. 2021. – 312 b.
  7. Ibodullayev. Sinir va ruhiyat. Ilmiy-ommabop risola. Turkiya, Ankara., 2022. 316 b.

Translate: English Russian Uzbek