
PhD; DSc, kafedra dotsenti
- Manzil: 100109, Toshkent sh. Farobiy ko’chasi 2
- : +998 (90) 980-63-29
- E- mail: nodiratuychibaeva@gmail.com

Ta’lim
- 1990–1996 yy. — Toshkent tibbiyot akademiyasi, davolash fakulteti (imtiyozli diplom).
- 1996–1999 yy. — Nevrologiya mutaxassisligi bo‘yicha klinik ordinatura.
- 2014 y. — Klinik genetika mutaxassisligi bo‘yicha qayta tayyorlash.
- 2015 y. — Bolalar nevrologiyasi mutaxassisligi bo‘yicha qayta tayyorlash.
- Nevrologiya, bolalar nevrologiyasi va klinik genetika yo‘nalishlari bo‘yicha amaldagi mutaxassislik sertifikatlariga ega.
Ilmiy darajalar
- Tibbiyot fanlari nomzodi (PhD) — 2007 yil.
Dissertatsiya mavzusi: “Yengil yopiq bosh miya jarohatining uzoq muddatli asoratlarining klinik-patogenetik va davolash jihatlari”.
- Tibbiyot fanlari doktori (DSc) — 2020 yil.
Dissertatsiya mavzusi: “Farmakorezistent epilepsiya shakllanishining klinik, neyrofiziologik va molekulyar-genetik jihatlari”.
Kasbiy faoliyat
- 1999 yildan hozirgi kungacha — Toshkent davlat tibbiyot universiteti Nevrologiya va tibbiy psixologiya kafedrasi dotsenti.
- 2014 yildan — “Tibbiy genetika” magistratura dasturi rahbari.
- Magistratura, PhD va DSc ilmiy ishlariga rahbarlik qiladi hamda xalqaro ta’lim dasturlarini tashkil etishda faol ishtirok etadi.
Ilmiy faoliyat
- 80 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi, jumladan Scopus bazasida indekslangan xalqaro jurnallarda chop etilgan maqolalar.
- Ilmiy yo‘nalishlari: farmakorezistent epilepsiya, neyrogenetika, klinik neyrofiziologiya, WES diagnostikasini klinik amaliyotga joriy etish.
Grantlar va xalqaro loyihalar
- ILAE Europe ta’lim grantlari sovrindori.
- Markaziy Osiyo epilepsiya bo‘yicha ta’lim kurslari koordinatori (2024–2026 yy.).
- Yevropa mutaxassislari ishtirokidagi xalqaro ta’lim dasturlari tashkilotchisi.
Xalqaro stajirovkalar
- Rossiya Federatsiyasi, Gruziya, Qozog‘iston, Ispaniya, Germaniya, Fransiya va Estoniyada malaka oshirish va stajirovkalar o‘tagan.
- Klinik neyrofiziologiya, epileptologiya va tibbiy genetika yo‘nalishlarida xalqaro va Yevropa ta’lim dasturlarida ishtirok etgan.
Professional va xalqaro tashkilotlar
- O‘zbekiston Klinik neyrofiziologlar va tibbiy genetiklar assotsiatsiyasi raisi.
- Xalqaro Epilepsiyaga qarshi liga (ILAE) a’zosi.
- Yevropa Bolalar Nevrologiyasi Jamiyati (EPNS) a’zosi.
- Xalqaro Klinik Neyrofiziologiya Federatsiyasi (IFCN) a’zosi.
- Amerika Klinik Neyrofiziologiya Jamiyati (ACNS) a’zosi.
- Amerika Nevrologiya Akademiyasi (AAN) a’zosi.
- O‘zbekiston Nevrologlar Assotsiatsiyasi a’zosi.
Translate:
English
Russian
Uzbek