Nevrologiya va tibbiy psixologiya kafedrasida Prof G.S.Raximbaevaning yaratgan ilmiy maktabida zamonaviy nevrologiyaning asosiy muammolari , metabolik entsefalopatiya, dementsiya, bosh miya qon-tomir kasalliklari, miya pardalarining yallig’lanish kasalliklar va epilepsiya kabi mavzularda izlanishlar olib boriladi.
2023-yil yakunlariga ko’ra kafedra ilmiy salohiyati 85% ga ko’tarildi. Bu juda quvonarli holat! Hozirgi kunda 10 ga yaqin professorlar, 10 dan ortiq dotsentlar, assistentlar kafedra o’z faoliyatlarini yuritib kelmoqdalar.
Yuqorida ko’rsatilgan ilmiy tekshiruvlar natijalari bir necha marotaba xalqaro kongresslar, simpoziumlar, s’ezdlar va konferentsiyalarda bayon etilgan shu jumladan: Frantsiya, AKSH, Angliya, Shvetsiya, Finlyandiya, Avstriya, Bel`giya, Shveytsariya, Gretsiya, Turtsiya, Germaniya, Italiya Shvetsariya, Finlyandiya va boshqa ko’plab davlatlarda. G.S.Raximbaeva raxbarligida 17 ta tibbiyot fanlari nomzodlari va 5 ta tibbiyot fanlari doktori tayyorlangan, 2 ta darslik, 4 ta patent, 460 tadan ortik ilmiy maqolalar respublika va chet ellarda chop etilgan.
Translate:
English Russian Uzbek