Nevrologiya va tibbiy psixologiya kafedrasi tarixi
O‘zbekiston nevrologiyasi tarixi 1920 yilda Toshkent shahrida Turkiston Universtiteti tashkil qilinishi bilan bog‘liq. “Asab kasalliklari” kafedrasiga professor M.L. Zaxarchenko asos soldi va 1939 yilgacha ushbu kafedraga mudirlik qildi. Shuningdek ayni shu yilda (1920) respublika nevropatolog va psixiatorlarning ilmiy jamiyati tashkil etildi. Bu jamiyatga M.L. Zaxarchenko (1920-1939), L.Ya. Shargorodskiy (1940 – 1959), F.F. Detengof (1959 – 1963), Ya.Ya. Gordon (1963 – 1966) raislik qildilar.
Toshkent Davlat Tibbiyot Instituti «asab kasalliklari» kafedrasidan ko‘plab mashhur olimlar va pedagog-o‘qituvchilar yetishib chiqdi. Ushbu kafedra va klinika yuqori malakali nevropatologlar tayyorlashda Markaziy Osiyoda yagona maktab edi. Professor M.L. Zaxarchenko angionevrologiya bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borib, o‘zining “Zaxarchenko sindromi” deb atalgan bosh miya qon tomir kasalligining o‘ziga xos klinik ko‘rinishini nevrologiyaga kiritdi.
1940 yildan 1959 yilgacha kafedrada professor L.Ya. Shargorodskiy raxbarlik qildi. Miopatiya, polinevrit, optikomielitlar klinikasi, diagnostikasini chuqur o‘rgandi.
Akademik N.M.Majidov bemor ko‘rigida, 1960 yil.
Bir qancha ilmiy yo‘llanmalari, jumladan “Progressiruyuщie mыshechnыe distrofii” monografiyasi olimlar ichida katta shuhrat qozondi. U 17 ta tibbiyot fanlari nomzodi tayyorladi. Bu nomzodlar ichida o‘zbeklardan birinchi nevropatolog X.K. Saloxidinov, N.M. Majidov, F.T. Abduxakimov va boshqalar bor edi.
1959 yildan 1963 yilgacha bo‘lgan davr mobaynida Tosh DavTI «asab kasalliklari» kafedrasi mudiri lavozimida dos. G.Ya. Palyans, prof. S.G. Axundov, dotsent Z.Ya. Yeleskaya. faoliyat yuritdilar.
1963 yildan 1985 yillar va 1987-1999 yilgacha kafedraga akademik N.M. Majidov rahbarlik qildi va o‘zining 30 yildan ortiq ilmiy pedagogik faoliyati jarayonida nevrologiya sohasida ko‘p sonli fan nomzodlari va doktorlarini tayyorladi. Bu shogirdlar ko‘pgina tibbiyot oliy bilimgohlarida rahbarlik lavozimlarida ishladilar: N.M. Maxmudova, M. X. Qoriev, O.I. Xo‘jaev, M.M. Asadullaev, S.N. Aslanova, X.M. Xalimova, S.N. Nuritdinov va boshqalar shular jumlasidandir.
Olimning ko‘p yillik izlanishlari uning 26 ta monografiya, 4 ta darslik, 48 o‘quv-metodik qo‘llanmalar va 500 dan ortiq ilmiy maqolalarida o‘z aksini topgan.
1985-1987 yillarda ToshDavMI “asab kasalliklari” kafedrasi mudiri lavozimida dos.S.N. Nuritdinov faoliyat ko‘rsatdi. Dos.S.N. Nuritdinov kup yillar mobaynida o‘quv ishlari bo‘yicha mas’ul bo‘lganligi sababli ayni ushbu yillarda o‘qish protsessida katta o‘zgarishlar va muvafaqqiyatlar qo‘lga kiritildi va bir vaqtning o‘zida asab kasalliklari muammolari ilmiy tomondan chuqur o‘rganildi. U kishining ulkan tajribasi, chukur bilimi 2015 yilgacha kafedradagi faoliyatida amaliy, nazariy va qolaversa xayotiy axamiyatga ega buldi. Shakllangan klinitsist, nevrologiya ilmi va amalieti sardori, yaxshi inson, juda ko‘p sonli nevrologlar va pedagoglar ustozi, doxiylar qatoridan o‘rin olgan dos.S.N. Nuritdinov kafedra tarixida munosib yuksak o‘rin olgan.
1987 yildan ToshDavMI “nevrologiya” kafedrasi professori lavozimida ishlab kelayotgan M.M. Asadullaev II –ToshDavTI «asab kasalliklari» kafedrasi mudiri etib tayinlandi. Prof. M.M. Asadullaev 1990 yildan 2005 yilgacha 2-ToshDavTI “asab kasalliklari” kafedrasi mudiri va 2005-2008 yilgacha Toshkent Tibbiyot Akademiyasining asab kasalliklari kafedrasi mudiri bo‘lib ishladi.
Prof. M.M. Asadullaev tomonidan 35 ilmiy xodim tayyorlangan bo‘lib, ularning 6 nafari tibbiyot fanlari doktori (K.A. Yuldashev-1996, G.S. Raximbaeva-1997, S.N. Aslanova 1998, Z.R. Ibodullaev-2005, F.S. Saidvaliev-2007), 29 nafari tibbiyot fanlari nomzodidir (G.S. Raximbaeva-1990, Z.R. Ibodullaeav-1994, F.F. Aliev-1995, F.X. Murotov 1996, B.B. Safaev- 1996, F.S. Saidvaliev-1998, M.K. Endibaeva-1998, L.D. Yuldasheva-1999, O.M. Sыsuev-2002, R.A. Sadыkov-2002, V.S. Alimova 2003, A.N. Nazarova-2005, K.S. Mirzaeva-2005, U.A. Shamsieva-2005, D.G. Oxunova-2005, X.M. Daminova-2006, Yu.A. Musaeva-2007, A.A. Azizxodjaev-2008, E.A. Alikulov-2008, S.R. Kuranbaeva-2008, A.M. Axmatov-2010, D.X. Tabibova-2011, A.J. Palvonov-2012). 2005 yil 2 sentyabrda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi tashkil etilganligi sababli, I- va II-Tibbiyot Oliygohlari birlashib, «asab kasalliklari» kafedrasi bir butun jamoaga aylandi. Kafedra mudiri bo‘lib professor M.M. Asadullaev ish boshladi.
Istiqlolni dastlabki yillarida UASh tayyorlashga o‘tish munosabati bilan o‘quv dasturlarida keskin o‘zgarishlar vujudga kelganligi sababli, yangi, zamon talablariga javob bera oladigan darsliklarga o‘ta muxtojlik vujudga keldi. Shu sharoitda prof.M.M. Asadullaev tomonidan zudlik bilan “Asab kasalliklari propedevtikasi” va “Xususiy nevrologiya” elektron darsliklari 1991 yildayoq o‘zbek va rus tillarida, shuningdek 21 o‘quv uslubiy kullanmalar yaratildi. Uning raxbarligida mutaxassislik buyicha bakalavriyat va magistratura namunaviy va ishchi dasturlari yaratildi.
O‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy va davolash ishlari yakuni buyicha 2 marta (1997,2002) ”ToshDavTI-2 Eng yaxshi Professori” unvoniga sazovor bulgan, Respublika ”Ustoz” fondi tashkil kilgan “Eng yaxshi Ilmiy Raxbar” konkursi golibi (1999), “Sog‘likni saklash a’lochisi”(2002), “Rossiya Tibbiy Texnika akademiyasi” akademigidir (2005). 2001-2012 yillarda SSV Bosh gerontologi, ”Nevrologiya” jurnali redkollegiya a’zosi, 2012-2017 yillarda Toshkent shaxar SSBB Bosh nevrologi vazifasini bajardi. Uning raxbarligida “Bosh miya insulti” kasallanishi, nogironligi, ayniksa ulim kursatkichlari jilovlandi va Toshkent shaxari buyicha “Miya insulti kasallanishi va o‘limi monitoringi” yaratildi. UASh, tez yordam tizimi shifokorlari, nevrologlar va reanimatologlar master kurslari tashkil qilinib, yilma yil yo‘l qo‘yilgan xatolarni bartaraf qilish yullari o‘qitildi Olib borilgan maksadlik va tizimlik fidokorona mexnat uz samarasini berdi, ya’ni birgina Toshkent shaxrida o‘lim ko‘rsatkichi 2013 yilda 100 000 axoliga 93 bo‘lgan bo‘lsa, 2014 yilda 80 (-13), 2015 yilda 58 (-35 ya’ni 2013 ga nisbatan, 22-2014 ga nisbatan) va 2016 yil yakuni bo‘yicha 36,4 (-56,6 2013 ga, 43,6 2014 ga va 21,6 – 2015 ga nisbatan) ga tushirildi.
Prof. M.M. Asadullaev tomonidan 8 monografiya, 2 ta darslik, 32 ta metodik qo‘llanma, 28 ratsionalizatorlik taklifi va 403ta ilmiy maqola chop qilingan.
Hozirgi kunda M.M. Asadullaev kafedra professori lavozimida ishlab kelmoqda. M.M. Asadullaev yuqori professionalizm, keng eruditsiya, doimo ijod qilish va yangilikka intilishi bilan ajralib turadi. Bugungi kunda prof. M.M. Asadullaev – yirik olim, murabbiy, jamoat arbobi – kuch-quvvatga, entuziazmga to‘la insondir.
Prof.X.M Xalimova – yetuk olima, tajribali rahbar, bilimdon shifokor, kamtarin va oliyjanob inson. X.M. Xalimova 1-ToshDavTIning, «asab kasalliklari» kafedrasida professor, 1999 yildan 2005 yilgacha ushbu kafedra mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatdi, 2005 yildan TTA «asab kasalliklari» kafedrasining professori.
X.M. Xalimova faoliyati davomida ko‘plab ilmiy asarlar, 400 dan ortiq maqolalar, 40 dan ortiq uslubiy qo‘llanmalarga mualliflik qildi. Ustoz olima rahbarligida 4 ta doktorlik (M.M. Yakubova-2008 yil, M.M. Raimova- 2017 yil, R.J. Matmurodov-2017 yil va G.K. Raxmatullaeva-2018 yil) va 10 ta nomzodlik dissertatsiyalari (M.M. Yakubova-1998, D.N. Xidoyatova-2000, S.Yu. Alakbarova-2000, D.Z. Toirova-2002, R.O. Adilova-2003, M.M. Raimova- 2004, S.K. Sobirova-2006, A.M. Omarov-2006, G.K. Raxmatullaeva-2007, R.J. Matmurodov-2012 yil) himoya qilindi.
Prof.X.M. Xalimovaning ilmiy izlanishlari chet mamlakatlar olimlari tomonidan e’tirof etilgan, ilmiy maqolalari dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida, jumladan Rossiya, Qozog‘iston, Ozorbayjon, Turkiya, Malayziya. Filippin, Germaniya, Avstriya, Gresiya, Italiya, Germaniya, Shveysariya, Vengriya, Fransiya, Ruminiya, Chexiya, Ispaniya, AQSh davlatlari nashrlarida chop etildi, juda ko‘plab xalqaro anjumanlarda ma’ruzalar bilan ishtirok etgan.
Prof.X.M. Xalimova ko‘p yillik xizmatlari evaziga hukumatimizning ko‘plab mukofotlari, shu jumladan 1995 yilda «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan. Prof.X.M. Xalimova “Nevrologiya” jurnali tahrir hay’atining a’zosi, 2005 yildan TTA asab kasalliklari kafedrasining tibbiy pedagogika fakulteti o‘quv bazasi raxbari. 2008 yil fevraldan shu yilning oktyabrigacha vaqtincha kafedra mudiri lavozimida professor, TFD, prof. S.N. Aslanova ishladi.
Prof. S.N. Aslanova yuqori malakali nevrolog, hozirda “asab kasalliklari” kafedrasi professori. Ilmiy ishlari faoliyatida ja’mi 148 ta ilmiy ishlar chop qilgan, 1 ta darslik, 13 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 72 ta jurnal maqola, 61 ta tezislar O‘zbekiston Respublikasida, MDH davlatlarida va xorijda chop etilgan. Prof. S.N. Aslanova 2 fan nomzodi (N.A. Inagamova-2006, D.K. Rasulova-2007) va 15 ta magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilgan. Professor S.N. Aslanova intizomli, talabchan, yaxshi klinitsist. Bugungi kunda klinik ordinatorlarning tayyorlanishiga kafedra bo‘yicha mas’ul.
2008 yil oktyabr oyida ilmiy kengash tomonidan professor G.S. Raximbaeva Toshkent tibbiyot akademiyasi «asab kasalliklari» kafedrasi mudiri lavozimiga saylandi.
Prof.G.S. Raximbaeva shakllangan olima, TFD, professor, murabbiy, tashkilotchi va zamon talabiga javob bera oladigan ilmiy izlanishlar muallifi. “Nevrologiya” jurnali redaksion kollegiyasining a’zosi, O‘zbekiston nevrologlar Assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari, Xalqaro epilepsiyaga qarshi kurashish Ligasining (ILAE) O‘zbekiston bo‘lim vitse-prezidenti, EAN Xalqaro Yevropa Nevrologlar Akademiyasining va WSO “Xalqaro Insultga qarshi kurash” jamiyati a’zosi.
Prof. G.S. Raximbaeva tomonidan faol, maqsadga intiluvchan ilmiy xodimlar va yuqori malakali nevrologlar zamonaviy maktabi barpo etildi. Prof.G.S. Raximbaeva rahbarligida zamonaviy nevrologiya muammolari, kattalar va bolalar epilepsiyasi, bosh miya qon tomir va yallig‘lanish kasalliklari diagnostikasi, profilaktikasi va davolash muammolarini xal qiluvchi asosiy yo‘nalishlar ishlab chiqarilmoqda.
Prof.G.S. Raximbaeva rahbarligida 5 ta fan doktori (Sh.B. Duschanov -2012, A.V Proxorova -2013, R.B. Azizova -2016, N.S.Rashidova – 2020, N.M.Tuychibaeva – 2020, 17 ta tibbiyot fan nomzodlari (A.V. Glinyanova -2000, M.J Sanaeva -2003, Sh.B. Duschanov -2003, A.V. Proxorova -2004, D.T. Abdukadirova -2004, N.A. Xabibova -2005, V.Sh. Xabibova -2005, N.M. Tuychibaeva- 2006, G.T. Ishanxodjaeva- 2007, U.T. Abdukadirov – 2008, Sh.O. Nurmatova-2010, N.S. Rashidova- 2014, D.S. Tolibov-2017, D.M. Maksudova-2018, M.K. Ataniyazov -2019, N.R.Raxmatullaeva -2019, N.M.Vaxabova -2020) tayyorlangan.
G.S. Raximbaeva 460 dan ortiq ilmiy maqolalari respublika miqyosida va chet ellarda, shuningdek “Nevrologiyada xamshiralik ishi” darsligi va 30 dan ortik o‘quv-metodik qo‘llanmalari chop etilgan, “Nevrologiya” elektron darsligi xamda 5 ta patent muallifi.
Aytish joizki, bu olima rahbarligida klinik-eksperimental tekshiruvlarga aloxida e’tibor ko‘rsatilib, bosh miya insultlari, metabolik ensefalopatiyalar, meningoensefalitlar, kattalar va bolalarda markaziy nerv sistemasining posttravmatik zararlanishlarida morfologik va bioximik o‘zgarishlar aniqlanib, olingan natijalar asosida medikamentoz davo choralar ishlab chiqarilgan. Ayni vaktda olima Alsgeymer va Parkinson kasalliklari, tarqoq skleroz kabi neyrodegenerativ kasalliklar ustida ilmiy ishlar olib bormokda.
Yuqorida ko‘rsatilgan ilmiy tekshiruvlar natijalari bir necha marotaba xalqaro kongresslar, simpoziumlar, s’ezdlar va konferensiyalarda bayon etilgan. Jumladan: Fransiya, AQSh, Angliya, Shvesiya, Finlyandiya, Avstriya, Belgiya, Shveysariya, Gresiya, Turkiya, Germaniya, Italiya va boshqalar.
U o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashuvchi, haqiqatgo‘y, yangilikka intiluvchan va yuqori darajada shakllangan tashkilotchi shaxs hisoblanadi.
Prof. G.S. Raximbaeva raxbarligida o‘qitishning 2 bosqichli jarayoni – bakalavriat va magistratura talabalariga nevrologiya, tibbiy psixologiya va tibbiy genetika fanlari bo‘yicha ta’lim berib kelmoqda. TTA «asab kasalliklari» kafedrasida klinik ordinatura yo‘nalishi bo‘yicha nevrolog va tibbiy psixolog mutaxassislari tayyorlanmoqda.
Prof G.S. Raximbaeva ko‘rsatgan xizmatlari munosib baxolanib 2016 yilda SSV tomonidan «Tibbiyot a’lochisi» ko‘krak nishoni va diplomi bilan takdirlandi.
Hozirda kafedrada 13 ta professor, shu jumladan professor G.S. Raximbaeva, M.M. Asadullaev, X.M. Xalimova, S.N. Aslanova, P.R. Alimxodjaeva, Z.R. Ibodullaev, F.X. Muratov, F.S. Saidvaliev, M.M. Yakubova, R.B. Azizova, R.J.Madmuradov, G.K.Raxmatullaeva, N.S.Rashidova, 8 ta dotsent- K.S. Mirzaeva, N.M. Tuychibaeva, G.T. Ishanxodjaeva, S.R. Kuranbaeva, Yu.A. Musaeva, X.M. Daminova, D.K. Rasulova, va t.f.n., U.A. Shamsieva, G.K. Raxmatullaeva, 13 assistent – t.f.n.F.K. Shermuxamedova, t.f.n. D.S. Tolibov,t.f.n.M.K. Ataniyazov va bir kator yosh va iktidorli assistent-xodimlar faoliyat ko‘rsatmokdalar. Bundan ko‘rinib turibdiki, kafedraning ilmiy salohiyati juda balanddir.
Alimxodjaeva Paraxat Rustamovna-kafedra professori.
1996 -2005 yillar davomida “Biologiya va umumiy genetika” kafedra mudiri lavozimida ishlagan. 2002 yilda “Sravnitelnыy analiz organov immunnoy sistemы pod vliyaniem gidrokortizona v onto- i filogeneze” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini ximoya kilgan.
Prof. P.R. Alimxodjaeva shakllangan olima, o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashuvchi, mexnatkash , haqiqatgo‘y shaxs hisoblanadi.
150 dan ortik ilmiy maqolalar chop etilgan, 9 ta darslik, 6 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma va 30 metodik kullanmalari O‘zbekiston Respublikasida, MDH davlatlarida va xorijda chop etilgan.
Ibodullaev Zarifboy Rajabovich –TTA “asab kasalliklari” kafedrasi professori, TFD, “Tibbiy psixologiya va psixoterapiya kursi raxbari, magistratura bo‘yicha dastur direktori.
1995 yili “asab kasalliklari” kafedrasi dotsenti, 1997-2000 yillari tibbiyot psixologiyasi kursi mudiri, 2006 yildan kafedra professori, tibbiyot psixologiyasi dastur direktori. 2002 yili Moskva Davlat Universiteti “Klinik psixologiya” kafedrasida Ye.D. Xomskaya rahbarligida neyropsixologiya bo‘yicha qisqa muddatli malaka oshirish kursida bo‘ldi. 2003-2004 yillari Nizomiy Davlat Pedagogika Universiteti “Amaliy psixologlar tayyorlash kursini tamomladi. 2009 yili O‘zbekistonda tibbiyot psixologiyasini o‘qitish konsepsiyasini ilgari surdi va shu nomli maqola chop ettirdi. 2011 yili “Tibbiyot psixologiyasi” bo‘yicha magistratura uchun Davlat ta’lim standartini ishlab chiqdi.
Prof. Z.R. Ibodullaev “Yilning eng yaxshi darsligi” sovriniga sazovor bo‘lgan “Tibbiyot psixologiyasi” darsligi (2008, 2009,2012), “Insult va koma” (2013), “Nevrologiya” vrachlar uchun qo‘llanma (2017), “Epilepsiya”(2018) qo‘llanmalari, ham “Yilning eng yaxshi darsligi” sovrinini olgan “Asab kasalliklari”(2014) darsligi muallifi. 2013 yili “Asab va ruhiyat” nomli kitobi chop etildi va bu ilmiy-ommabop kitob 3 marotaba (2015 va 2018 yy) nashr yuzini ko‘rdi. U 150 dan oshiq ilmiy asarlar muallifi.
Uning ilmiy rahbarligida 2 nafar fan nomzodi (G.Shomuratova-2006, T.Sattorov-2018), 12 nafar magistratura dissertatsiyalari himoya qildi. Bugungi kunda “Tibbiy psixologiya, neyropsixologiya va va psixosomatik tibbiyot” bo‘yicha pedagogik va ilmiy faoliyatini olib bormoqda.
Prof F.X. Muratov-1991 yildan II-ToshDavTI “asab kasalliklari” kafedrasi assistenti, 1994 yildan katta o‘qituvchi va 2001 yildan dotsent, 2016 yildan kafedra professori.
1988 yilda professor Asadullaev M.M. raxbarlikda neyrofiziologiya laboratoriyasini tashkil qilishda katta xissa qo‘shgan va bugungi kunda yetuk neyrofiziolog xisoblanadi. Prof. F.X. Muratov 100 dan ortiq ilmiy, o‘quv va o‘quv-uslubiy nashrlar. U 2 nafar tibbiyot fanlari nomzodi (N. Muxamedjanova va F.K. Shermuxamedova), 6 nafar magistratura dissertatsiyalariga raxbarlik kildi, qator xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar qatnashchisidir. Prof. F.X. Muratov rahbarligida epilepsiya, bosh og‘riq sindrom, miya qon tomir va yallig‘lanish kasalliklari, xomiladorlikda asab tizimini zaralanishi diagnostikasi, profilaktikasi va davolash muammolari ustida ishlab kelinmoqda.
TTA ma’naviy-ma’rifiy va jamoa ishlarida faol ishtirok etib kelgan. 2008 yildan beri TTA xodimlar kasaba uyushma qo‘mitasini raisi lavozimida ishlab kelmoqda. Kafedrada o‘quv ishlari bo‘yicha ma’sul shaxs. Shaxsiy fazilatlari mehnatkash, intiluvchan.
Yakubova Marhamat Mirakramovna – TTA “asab kasalliklari” kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori.
Prof.M.M. Yakubova 150 dan ortiq ilmiy, o‘quv va o‘quv-uslubiy nashrlar, shu jumladan 1 ta patent, 12 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma muallifidir, qator xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar qatnashchisidir. Prof. M.M.Yakubova. 1 fan nomzodi ( D.Kushaeva-2020) va 10 ta magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilgan
2016 yilda Yakubova M.M.ning sa’yi harakatlari bilan O‘zbekistonda ilk bora nevrologiya fani bo‘yicha talabalar orasida olimpiada tashkil qilindi va uning shogirdlari yuqori o‘rinlarni egalladilar.
TTA ma’naviy-ma’rifiy va jamoa ishlarida faol ishtiroki uchun O‘zR. xotin-qizlar qo‘mitasi tarafidan 2013 yilda “Tashakkurnoma” bilan taqdirlandi. 2017 yilda “Yilning eng yaxshi dotsenti” respublika ko‘rik tanlovida 2 o‘rin, TTA bo‘yicha oliy ta’lim muassasining eng yaxshi pedagogi tanlovi “Eng yaxshi pedagog-tadqiqotchi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-chi o‘rin sovrindori.
Saidvaliev Farrux Saidakromovich – kafedra professori
Prof F.S. Saidvaliev intizomli, ma’suliyatli va yuqori malakali mutaxassis. Kollektiv va bemorlar o‘rtasida katta obro‘ga sazovor bo‘lgan. Doimiy ravishda o‘z malakasini oshirib boradi, akademiya jamoat ishlarida faol qatnashib keladi. Prof F.S. Saidvaliev kafedra davolash ishlariga va sanitar aviatsiyaga mas’ul.
Kafedra xodimlari nevrologiyaning turli soxalarida eng zamonaviy ilmiy izlanishlar va tekshiruvlar olib borishi, o‘ta izlanuvchanligi bilan ajralib turadi. Bu izlanishlarning asosi bo‘lib Germaniya, Chexiya, Angliya, Italiya, Rumыniya, Koreya universitetlarida malaka oshirib kelgan o‘qituvchilar xisoblanadi. Kafedraning professor-o‘qituvchilari doimiy ravishda insult muammolari, epilepsiya, demensiya, autizm, Parkinson kasalligi va asab tizimining boshqa muammolariga qaratilgan xalqaro va Yevropa kongresslarida ma’ruzalar bilan qatnashib keladilar. Bugungi kunda kafedra olimlari shogirdlari bilan birgalikda, o‘z ustozlari boshlagan ishlarini davom ettirmoqdalar. Kafedra xodimlari Yaponiya va Koreya olimlari bilan xamkorlikda ikkita yo‘nalishda ilmiy izlanishlar olib borishmokda. G.S. Raximbaeva raxbarligida 3 ta xalkaro ta’lim kursi O‘zbekistonda o‘tkazildi (2015,2016, 2017).
So‘nggi yillarda kafedra xodimlari tomonidan chop etilgan darslik, monografiya va o‘quv qo‘llan- malar : Asab kasalliklarida xamshiralik ishi. G.S.Raximbaeva, (2014); Asab kasalliklari propedevtikasi, M.M. Asadullaev, S.N. Aslanova (2008) ; Asab kasalliklari Z.R. Ibodullaev, (2014); Epilepsiya i sudorojnыe sindromы. M.M. Asadullaev, (2013); Insult va koma. Z.R. Ibodullaev, (2017); Diagnostika medikamentoznoe i xirurgicheskoe lechenie sosudistыx zabolevaniy golovnogo mozga, Sh.I. Karimov, M.M. Asadullaev, N.M. Vaxabova va boshkalar; Infeksionnыe porajeniya SNS u detey i prinsipы ix ratsionalnoy terapii v rezidualnom periode, G.S. Raximbaeva, G.T. Ishanxojaeva, (2011); «ChMN prinsipы stroeniya, funksii, metodы issledovaniya i sindromы porajeniya I-VII par ChMN», G.S. Raximbaeva, K.S. Mirzaeva (2013); Diagnostika i korreksiya kognitivnыx rasstroystv pri posttravmaticheskoy epilepsii, G.S. Raximbaeva, F.X. Muratov, (2011); “Tibbiyot psixologiyasi” darsligi Z.R. Ibodullaev (2012); Sindrom golovnoy boli. X.M. Xalimova, M.M. Yakubova (2013), Vzaimosvyaz dvigatelnыx narusheniy s nekotorыmi bioximicheskimi pokazatelyami pri ishemicheskom insulte, M.M. Asadullaev, G.S. Raximbaeva, (2011); Ishemicheskie ostrыe narusheniya mozgovogo krovoobraщeniya: sovremennыe podxodы k diagnostike i kompleksnomu lecheniyu, F.S. Saidvaliev, F.X. Muratov, (2013); Tibbiy genetikaning tekshirish usullari, P.R Alimxodjaeva,N.M.Tuychibaeva, A.A. Abduvaliev, M.S. Gildieva (2015) ; Sbornik zadach i uprajneniy po obщey i meditsinskoy genetike, P.R Alimxodjaeva, N.M.Tuychibaeva, M.V. Tarinova (2017), Nevrologiya darsligi Z.R.Ibodullaev (2019), Molekulyar genetika P.R Alimxodjaeva, N.M.Tuychibaeva darsligi (2020), Nevrologiya darsligi G.S.Raximbaea, F.X.Muradov, M.M.Yakubova (2020).
Kafedra jamoasi, 2020 yil