Toshkent Tibbiyot Akademiyasi va Boshqird davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda shu yilning 16-noyabr sanasida «Zamonaviy Nevrologiya.Yangi yondashuvlar va dolzarb tadqiqotlar» nomli ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.
Konferensiya doirasida dastlab professor o’qituvchilar tomonidan zamonaviy nevrologiyaning dolzarb muammolariga bag’ishlangan ma’ruzalari bo’lib o’tdi.
Konferensiya 2-qismida 3 ta bo’limga bo’lingan holda iste’dodli yosh olimlarimizning qiziqarli ma’lumotlari hay’at a’zolari e’tiboriga taqdim etildi.
Yakunda eng munosib yosh olimlarimizga diplomlar va nominatsiyalar sertifikatlari topshirildi.