Toshkent Tibbiyot Akademiyasi- Nevrologiya va tibbiy psixologiya kafedrasi va Boshqirdiston davlat tibbiyot universisteti qoshidagi Psixologiya, Pedagogika, Nevrologiya, Neyroreabilitologiya yo’nalishlariga ixtisoslashtirilgan ilmiy-ta’lim markazi bilan hamkorlikda “Nevrologiyaning dolzarb muammolari- yosh nevrolog( mutaxassis) nigohida” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.
Konferensiyada TTA ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori F.L.Azizova, Nevrologiya va tibbiy psixologiya kafedrasi mudiri professor G.S.Rahimbayeva va professorlar M.M.Asadullayev, M.M.Yakubova, L.R.Ahmadeeva so’zga chiqib ishtirokchilarga omad tiladilar!
Yosh mutaxassislarning taqdim qilgan ilmiy ishlarini hakamlar hay’ati a’zolari shaffoflik bilan kuzatib borishdi!