Kafedra professori M.M.Asadullayev boshchiligidagi grant loyixa asosida ultratovush uskunasi o’rnatilib, maxsus yangi ta’mirlanngan xonada o’zishini boshladi. Tadbirda TTA prorektorlari, kafedra mudirilari va loyiha ishtirokchilari qatnashishdi. Bu loyixa rejalarining ilk qadamlaridan biri hisoblanadi. Avvalambor loyixadan maqsad qon-tomirlardagi ateroskleroz pilakchalarini erta aniqlash va qon-tomir kasalliklarini oldini olishga qaratilgan. Loyixaning ilk qadamlari muvaffaqqiyatli va xalqimiz uchun manfaatli bo’ladi degan umiddamiz.