Sizni 2023-yilning 14 oktyabr kuni o‘tkazilayotgan «Yosh nevrologlar maktabi» ning 13 yilligiga bag‘ishlangan «Nevrologiyaning dolzarb muammolari – yosh nevrolog (mutaxassis) nigohida» mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyamizga taklif etayotganimizdan bag‘oyat xursandmiz!
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Boshqirdiston davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda sizni – tibbiyot oliygohlarining yuqori kurs talabalarini, magistr va klinik ordinatorlar, ilmiy hodim va yosh mutaxasislarni xalqaro gibrid (offlayn va onlayn) formatidagi konferensiyada ishtirok etishga taklif etadi.
Konferensiyaning kun tartibidan o‘rin olgan asosiy yo‘nalishlar:
-
Qon-tomir va degenerativ demensiyalar
-
Bosh va orqa miya insultlarini tashxislash va davolashda innovasion yondashuvlar
-
Miasteniya va nerv-mushak hastaliklari
-
COVID-19 da nerv tizimining zararlanishlari va oqibatlari
-
Markaziy va periferik nerv sistemalarining demielinizasiyalanuvchi kasalliklari
-
Parkinson kasalligi va parkinsonizm sindromi
-
Neyrovizualizasiya. Muammo va ularga zamonaviy yondashuvlar
-
Og‘riq va og‘riq sindromlari
-
Epilepsiya va epileptik sindromlar
-
Uyqu buzilishlari
-
Somatonevrologiya
-
Neyroreabilitasiya
-
Oftalmonevrologiya
-
Nevrologiya va homiladorlik va boshqalar