«Nevrologiya» fanidan xalqaro olimpiada bo’lib o’tdi

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi, Nevrologiya va tibbiy psixologiya kafedrasi va Boshqirdiston davlat tibbiyot universiteti, Nevrologiya kafedrasi bilan xamkorlikda «Nevrologiya» fanidan xalqaro talabalar olimpiadasi o’tkazildi.

Olimpiadada jami 120 dan ortiq talabalar o’zaro bilimlarini sinovdan o’tkazdilar. Tadbirda vatanimizning  tibbiyot universitetlari hamda SNG davlatlaridan talabalar qatnashishdi.

Dastlab Olimpiadaning tanta’nali ochilish ma’rosimi bo’lib o’tdi. Toshkent tibbiyot akademiyasi ilmiy ishlar va  innovatsiyalar bo’yicha prorektori Azizova Feruza Lyutpillaevna qatnashchilarga tabrik so’zlarini yo’lladilar, va olimpiadani ochiq deb e’lon qildilar. Nevrologiya va tibbiy psixologiya kafedrasi mudiri, professor G.S.Rahimbayeva , Boshqirtiston davlat tibbiyot instituti nevrologiya kafedrasi professori L.R.Ahmadeeva  talabalarga olimpiadada omad tiladilar. Professor M.M.Yakubova ishtirokchilarni olimpiadaning mezonlari bilan tanishtirib o’tdilar.

Yakunda 3 ta bosqichdan eng yuqori ball olgan talabalar yuqori sovrinli o’rinlarni egallashdi. Olimpiada davomida o’zlarining bilimlarini, shijoatlarini, ziyrakliklarini namoyon qilgan talabalar turli xil nominatsiyalar bo’yicha taqdirlanishdi.

 

Translate: English Russian Uzbek

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.