Asab kasalliklari kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Yosh nevrologlar maktabi” to’garagi amaliy mashg’ulot darslari boshlandi. “Xarakat tizimi patologiyalari” mavzusida birinchi amaliy mashg’ulot bo’lib o’tdi. Mashg’ulotni tibbiyot fanlari doktori professor Yakubova Marhamat Mirakramovna olib bordi.
Seminarda 20 ga yakin davolash va tibbiy pedogogika fakul`teti talabalari, klinik ordinator va magistrlari ishtirok etdi. Mashg’ulot reja asosida o’tkazilib, unda xarakat tizimi anatomiyasi, fiziologiyasi va patologiyalari buyicha nazariy bilimlar mustaxkamlandi.
So’ng mavzuga doir 10dan ortik bemorlar ko’rilib, muhokama kilindi. Mashg’ulot davomida ilg’or
katnashgan talabalarga yil yakunida bo’lib o’tadigan “Yosh olimlar ”konferentsiyadagi ishtiroki
uchun ilmiy mavzular taqsimlandi. Mashg’ulot yakunida talabalarga bugungi va keyingi mavzuga
oid savol va mashqlar ruyxati topshirildi. Ikkinchi amaliy mashg’ulot dekabrda doimiy
ajratilgan o’quv xonada bo’lib utadi. Yangi dars mavzusi: ekstrapiramidal buzilishlar.
To’garakka katnashuvchi talaba va magistrlarni mashg’ulotlarimizga taklif etamiz.