Toshkent tibbiyot akademiyasi Nevrologiya va tibbiy psixologiya kafedrasi va Boshqirdiston davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda «Nevrologiya» fani bo’yicha xalqaro fan olimpiadasi bo’lib o’tdi. Bu safargi olimpiadaning o’ziga xos tomonlaridan biri, 400 dan ortiq talabalar ro’yxatdan o’tishgan.
Olimpiadaning tanta’nali ochilish ma’rosimi Toshkent tibbiyot akademiyasi ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Feruza Azizovaning tabrigi bilan boshlandi.
Shundan so’ng kafedra mudiri professor G.S.Raximbayeva, kafedra professori M.M.Yakubova hamda BDTU ichki kasalliklar va klinik psixologiya kafedrasi mudiri, BDTU yosh olimlar kengashi raisi Tuyrin Anton Viktorovich olimpiada ishtirokchilariga omad tiladilar.
Yakunda 3 ta bosqichdan eng yuqori ball olgan talabalar yuqori sovrinli o’rinlarni egallashdi. Olimpiada davomida o’zlarining bilimlarini, shijoatlarini, ziyrakliklarini namoyon qilgan talabalar turli xil nominatsiyalar bo’yicha taqdirlanishdi.