«Avitsenna Izdoshlari IV» Xalqaro talabalar fan olimpiadasi bo’lib o’tdi

16-aprel kuni bo’lib o’tgan  “Avitsenna izdoshlari IV” Xalqaro talabalar olimpiadasida respublika va xorijiy davlatlar xususan, Hindiston, Rossiya, Qozog‘iston, Turkmaniston, Ukraina, Qirg‘iziston va Tojikistonning 75 ta oliy o‘quv yurtlaridan 3000 nafardan ortiq talabalar 30 ta fundamental va klinik fanlar bo’yicha ishtirok etishdi.  Nevrologiya va tibbiy psixologiya kafedrasi mudiri, professor G.S.Rahimbaeva talabalarga olimpiadada omad tiladilar. Professor M.M.Yakubova ishtirokchilarni olimpiadaning mezonlari bilan tanishtirib o’tdilar. Talabalar 3 ta bosqichda o’zara bellashishdi.  Barcha ishtirokchilarni hakamlar hay’ati a’zolari shafofflik bilan tekshirib borishdi.Yakunda 3 ta bosqichdan eng yuqori ball olgan talabalar yuqori sovrinli o’rinlarni egallashdi. Olimpiada davomida o’zlarining bilimlarini, shijoatlarini, ziyrakliklarini namoyon qilgan talabalar turli xil nominatsiyalar bo’yicha taqdirlanishdi.

Translate: English Russian Uzbek

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.