Toshkent davlat tibbiyot universiteti Nevrologiya va tibbiy psixologiya kafedrasida va Boshqirdiston davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda «Yosh nevrologlar» to’garagining 15 yilligiga bag’ishlangan «Nevrologiyaning dolzarb muammolari» nomli yosh olimlar konferensiyasi bo’lib o’tdi. Konferensiyada 100 dan ortiq talabalar o’zlarinig ilmiy ishlari bilan ishtirok etdilar. Anjumanda ToshDavTUning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori F.L.Azizova , Boshqird davlat tibbiyotuniversiteti Nevrologiya kafedrasi professori Ahmadeeva L.R., Nevrologiya va tibbiy psixologiya kafedrasi mudiri professor G.S.Raximbayeva, kafedra professori M.M.Yakubovalar o’zlarining samimiy tabriklarini yo’lladilar. Yosh olimlar 4 ta bo’limlarga bo’lingan xolda ilmiy ishlarini hakamlar hay’atiga taqdim qildilar. Yakunda barcha ishtirokchilar bo’limlar diplom va sertifikatlarga ega bo’ldilar.
Translate:
Uzbek









