«Yosh nevrologlar» to’garagining 15 yilligiga bag’ishlangan xalqaro yosh olimlar konferensiyasi bo’lib otdi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Nevrologiya va tibbiy psixologiya kafedrasida va Boshqirdiston davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda «Yosh nevrologlar» to’garagining 15 yilligiga bag’ishlangan «Nevrologiyaning dolzarb muammolari» nomli yosh olimlar konferensiyasi bo’lib o’tdi. Konferensiyada 100 dan  ortiq  talabalar o’zlarinig ilmiy ishlari bilan ishtirok etdilar. Anjumanda ToshDavTUning  ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori F.L.Azizova , Boshqird davlat tibbiyotuniversiteti Nevrologiya kafedrasi professori Ahmadeeva L.R., Nevrologiya va tibbiy psixologiya kafedrasi mudiri professor G.S.Raximbayeva, kafedra professori M.M.Yakubovalar o’zlarining samimiy tabriklarini yo’lladilar. Yosh olimlar 4 ta bo’limlarga bo’lingan xolda ilmiy ishlarini hakamlar hay’atiga taqdim qildilar. Yakunda barcha ishtirokchilar  bo’limlar diplom va sertifikatlarga ega bo’ldilar.

Translate: Uzbek

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.