Toshkent Tibbiyot Akademiyasiga “Fransiya Oliy Psixomotor reabilitatsiya instituti” rahbari hodimlari-professor Jerar Erman, professor Fransuaza Jiromini, va madam Estel tashrif buyurdi.
Xalqaro olimlar ishtirokidagi anjumanda magistrlar, klinik ordinatorlar, va yuqori kurs talabalari uchun “Maxorat darsi” o’tkazildi. Mazkur jarayonni ilmiy ishlar bo’yicha prorektor, Tta professori F.L. Azizova boshqarib bordi.
Professor Zarifboy Ibodullaevning “O’zbekistonda psixomotor reabilitatsiya “ bo’yicha Fransiya tajribasini qo’llash va milliy kadrlarni tayyorlash yuzasidan qilgan ma’ruzasi hamda Oliy Psixomotor reabilitatsiya (ISRP) instituti direktori Jerar Erman Fransiya tajribasi haqidagi batafsil ma’lumoti anjuman mohiyatini ochib berdi.