25-26 aprel kunlari Toshkent shahrida «Epilepsiya diagnostikasi va maqsadli terapiyasiga zamonaviy yondashuvlar» deb nomlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tadi

Konferensiya tashkilotchilari Toshkent tibbiyot akademiyasi. Konferensiya o‘tkaziladigan joy – Toshkent shahri, O‘zbekiston mehmonxonasining konferensiyalar markazi. Ilmiy-amaliy konferensiya oflayn formatda o‘tkaziladi.

Konferentsiya dasturiga kiritilgan dolzarb masalalar:

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda  jadal rivojlanayotgan epileptologiyaning genetic va metabolic diagnostikasi  kabi zamonaviy jihatlarini muhokama qilish.

Tadbir doirasida klinik neyrofiziologiya, jumladan, neonatal EEG, reanimatsiya sharoitida EEG va uzoq muddatli video-EEG monitoringi xususiyatlari ham yoritiladi.

Konferentsiya ishtirokchilari epilepsiyaning farmakorezistent shakllari uchun zamonaviy  tashxislash yondashuvlari, zamonaviy  standart va maqsadli terapiya, jarrohlik, shu jumladan muqobil davolash usullari kabi masalalar muhokama qiladilar.

Epilepsiya bilan og‘rigan bemorlarda neonatal va chaqaloqlik davrida EEGni talqin qilish bo‘yicha xorijiy ma’ruzachilar ishtirokida master-klass rejalashtirilgan.

Ushbu ilmiy-amaliy konferentsiya  klinik neyrofiziologlar, bolalar va kattalar nevrologlari, tibbiy genetiklar, neyroradiologlar, neyroxirurglar, pediatrlar, terapevtlar shuningdek  epileptologiya masalalari bilan shug‘ullanadigan mutaxassislar uchun qiziqish uyg‘otadi.

http://project8917863.tilda.ws/conference2024

Translate: English Russian Uzbek

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.