Konferensiya tashkilotchilari Toshkent tibbiyot akademiyasi. Konferensiya o‘tkaziladigan joy – Toshkent shahri, O‘zbekiston mehmonxonasining konferensiyalar markazi. Ilmiy-amaliy konferensiya oflayn formatda o‘tkaziladi.
Konferentsiya dasturiga kiritilgan dolzarb masalalar:
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda jadal rivojlanayotgan epileptologiyaning genetic va metabolic diagnostikasi kabi zamonaviy jihatlarini muhokama qilish.
Tadbir doirasida klinik neyrofiziologiya, jumladan, neonatal EEG, reanimatsiya sharoitida EEG va uzoq muddatli video-EEG monitoringi xususiyatlari ham yoritiladi.
Konferentsiya ishtirokchilari epilepsiyaning farmakorezistent shakllari uchun zamonaviy tashxislash yondashuvlari, zamonaviy standart va maqsadli terapiya, jarrohlik, shu jumladan muqobil davolash usullari kabi masalalar muhokama qiladilar.
Epilepsiya bilan og‘rigan bemorlarda neonatal va chaqaloqlik davrida EEGni talqin qilish bo‘yicha xorijiy ma’ruzachilar ishtirokida master-klass rejalashtirilgan.
Ushbu ilmiy-amaliy konferentsiya klinik neyrofiziologlar, bolalar va kattalar nevrologlari, tibbiy genetiklar, neyroradiologlar, neyroxirurglar, pediatrlar, terapevtlar shuningdek epileptologiya masalalari bilan shug‘ullanadigan mutaxassislar uchun qiziqish uyg‘otadi.
http://project8917863.tilda.ws/conference2024
Translate:
English Russian Uzbek