Biz xaqimizda

Toshkent tibbiyot akademiyasining Nevrologiya va tibbiy psixologiya  kafedrasi

Kafedra web sayti: http://neuro.tma.uz/uz

  Bizning kafedramizda 40 ga yaqin ilmiy xodim faoliyat olib boradi, shulardan 13 tasi professor( t.f.d), 8 tasi dotsent (t.f.n), 13 tasi assistent( 3 t.f.n)laridir. 2008 yildan  buyon  kafedramiz mudiri tibbiyot fanlari doktori, professor Raximbaeva  Gulnora Sattarovna. Kafedrada davolash, tibbiy pedagogika va tibbiy profilaktika  fakultetlarining 3,4 va 5 kurs bakalavr talabalari ,  tibbiy biologiya fakul`tetining 4 kurs  bakalavr talabalari va oliy ma’lumotli xamshira fakul`tetining 1,2 –kurs talabalari “Nevrologiya”, “Tibbiy genetika” va “ Tibbiy  psixologiya” fanlari bo’yicha, magistratura rezidentlari “Nevrologiya”, “Tibbiy genetika” va “ Tibbiy  psixologiya” ; klinik ordinatura rezidentlari
“Nevrologiya”, “ Tibbiy  psixologiya”  mutaxasissliklari bo’yicha taxsil olishadi.
Kafedraning  klinik bazalari  TTA o’quv davolash komplekslari va tibbiy markazlardan «MedTashMI», «ShoxMed», «Asab va ruxiyat» klinikalarida joylashgan. Kafedramiz 100 yillik tarixga ega bo’lib, asab kasalliklari kafedrasi 1920 yilda Turkiston Davlat universiteti tibbiy
fakul`teti qoshida tashkil topgan.

Translate: English Russian Uzbek