Toshkent davlat tibbiyot universitetida o‘tkazilgan “Neyrodegenerativ kasalliklarni erta tashxislash va davolashda individual yondashuv” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada magistratura talabalari faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida magistrlar zamonaviy nevrologiyaning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha ma’ruzalarni tinglab, xorijiy va mahalliy mutaxassislar bilan ilmiy muloqot olib bordilar. Shuningdek, yosh tadqiqotchilar tomonidan ilmiy taqdimotlar namoyish etilib, kasalliklarni erta diagnostika qilish va innovatsion davolash usullari yuzasidan fikr almashildi. Konferensiya magistratura talabalarining ilmiy salohiyatini oshirish va xalqaro tajribani o‘rganishda muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.
Translate:
Uzbek

