“SIMULCON 2026” xalqaro konferensiyasi  bo‘lib o‘tdi

Toshkent davlat tibbiyot universitetida “SIMULCON 2026” xalqaro konferensiyasi  bo‘lib o‘tdi

Konferensiya doirasida tibbiy ta’lim jarayonida zamonaviy simulyatsion texnologiyalarni qo‘llashga bag‘ishlangan treninglar, amaliy mashg‘ulotlar va mahorat darslari tashkil etildi.

  • Konferensiya dasturidan quyidagi yo‘nalishlar o‘rin olgan:
  • travmalar paytida shoshilinch yordam ko‘rsatish bo‘yicha “Oltin soat” simulyatsion treningi
  • empatik muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish
  • simulyatsiya asosida o‘quv mashg‘ulotlarini rejalashtirish
  • zamonaviy jarrohlik ko‘nikmalari bo‘yicha treninglar
  • hamshiralar uchun inqiroz holatlarida resurslarni boshqarish
  • yurak-o‘pka reanimatsiyasi bo‘yicha musobaqa
  •  virtual reallik asosida protsedural ko‘nikmalar
  • sog‘liqni saqlash sohasida gamifikatsiya usullaridan foydalanish
  • standartlashtirilgan bemorlar bilan muloqot ko‘nikmalarini o‘rgatish
  • sun’iy intellekt asosida simulyatsion modellashtirish
    jarrohlik ko‘nikmalari bo‘yicha master-klasslar
  •  Ikki kun davom etgan konferensiya doirasida professor-o‘qituvchilar, magistrantlar va talabalar uchun nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilib, simulyatsion ta’limning zamonaviy usullari bo‘yicha tajriba almashiladi.Mazkur xalqaro konferensiya tibbiy ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlarni joriy etish, amaliy ko‘nikmalarni takomillashtirish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Translate: Uzbek

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.