Nevrologiya va tibbiy psixologiya kafedrasida magistratura va klinik ordinatura talabalari bilan birgalikda klinik muhokama o’tkazildi. Tashxis: Optikomielit Devika
Bunday klinik muhokamalarning o‘tkazilishi yosh nevrologlar uchun:
-
klinik tafakkurni shakllantirish va mustahkamlashga;
-
differensial diagnostika ko‘nikmalarini rivojlantirishga;
-
zamonaviy diagnostika va davolash protokollarini amaliyotga tatbiq etishga;
-
murakkab klinik holatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish malakasini oshirishga;
-
ilmiy yondashuv va tahliliy fikrlashni kuchaytirishga;
-
multidissiplinar hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga;
-
nutq va prezentatsiya mahoratini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Translate:
Uzbek
