Xalqaro kongressda ishtirok

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Nevrologiya va tibbiy psixologiya kafedrasi mudiri G.S. Raximbayeva hamda kafedra professor-o‘qituvchilari Koreyada bo‘lib o‘tgan World Congress of Neurology 2025 xalqaro ilmiy anjumanida munosib ishtirok etdilar. Mazkur nufuzli anjumanda nevrologiya sohasidagi eng so‘nggi ilmiy yangiliklar, zamonaviy diagnostika va davolash usullari keng muhokama qilindi.

Kafedra vakillari yetakchi xorijiy mutaxassislar bilan tajriba almashib, xalqaro miqyosdagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga zamin yaratdilar. Ushbu ishtirok kafedra ilmiy salohiyatini oshirish, ta’lim va tibbiy amaliyot sifatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Anjumanda olingan bilim va tajribalar kelgusida nevrologiya yo‘nalishida olib boriladigan ilmiy-amaliy ishlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

 

Translate: English Russian Uzbek

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.