Nevrologiya va tibbiy psixologiya kafedrasiga Toshkent davlat tibbiyot universiteti prorektori N.L.Asqarov va ToshDavTU kop tarmoqli klinikasi davolash ishlari bo’yicha bosh shifokor o’rinbosari Z.B.Abdashimov tashrif buyurdi. Tashrif davomida klinika infratuzilmasi, kafedralarning moddiy-texnik bazasi, ta’lim jarayoni, talabalarning amaliyotdagi ishtiroki va ilmiy izlanishlari uchun yaratilgan sharoitlar, klinika xodimlarining ilmiy ishlarga jalb etilish darajasi mavzusida muloqot o’tkazilib , unda klinikani yanada rivojlanishi, tibbiy kadrlarni tayyorlash sifatini oshirish va innovatsion tibbiyot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.