Toshkent tibbiyot akademiyasi Nevrologiya va tibbiy psixologiya kafedrasi va Boshqirdiston davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda «Nevrologiya» fani bo’yicha xalqaro fan olimpiadasi bo’lib o’tdi. Bu safargi olimpiadaning o’ziga xos tomonlaridan biri, 300 dan ortiq talabalar ro’yxatdan o’tishgan.
Kafedra mudiri professor G.S.Raximbayeva, kafedra professori M.M.Yakubova, BDTU professori Axmadeeva Leila Rinatovna olimpiada ishtirokchilariga omad tiladilar.
Yakunda 3 ta bosqichdan eng yuqori ball olgan talabalar yuqori sovrinli o’rinlarni egallashdi. Olimpiada davomida o’zlarining bilimlarini, shijoatlarini, ziyrakliklarini namoyon qilgan talabalar turli xil nominatsiyalar bo’yicha taqdirlanishdi.