Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Nevrologiya va tibbiy psixologiya kafedrasi tomonidan “PARKINSON KASALLIGINI ZAMONAVIY DAVOLASH USULLARI” xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi. Anjumanda Parkinson kasalligining erta diagnostikasi, zamonaviy davolash usullari hamda bemorlarni olib borish taktikasiga doir mavzularda ma’ruzalar bo’lib o’tdi. Bugungi konferentsiyaning asosiy maqsadi yosh mutaxassislarni fikrini eshitish, ularning malakasi va g’oyalarini oldinga surish, yangi innovatsion usullarni sog’liqni saqlash amaliyotiga tatbiq qilishdir.