“Multifokal ateroskleroz va qon aylanish sistemasi kasalliklarining ilmiy innovatsion yechimlari nomli konferensiya bo‘lib o‘tdi

2023 yilning 24-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining majlislar zalida «Multifokal ateroskleroz va qon aylanish kasalliklarining ilmiy innovatsion yechimlari» mavzusiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya  bo‘lib o‘tdi.

Toshkent Toshkent tibbiyot akademiyasining professori, tibbiyot fanlari doktori,  Turon akademiyasining akademigi Maqsud Maxmudovich Asadullayev – ateroskleroz kasalligini oldini olish, yaʼni: infark, insult kasalliklari sabablari,  qon tomirlarda yig‘ilib qoladigan tromblarning   inson hayotiga salbiy taʼsiri haqida gapirdi.
Mamlakatimiz tibbiyot xodimlari diqqatini shu dolzarb muammolarga qaratib:
⚡️inson tanasida yig‘iladigan tromblarni kimyoviy yo‘l bilan eritish,
✨bevaqt o‘limning oldini olish, kasallikni  jarrohlik  yo‘li bilan emas,  balki dori-darmon bilan  davolash  hususida maʼlumotlar berdi.

Translate: English Russian Uzbek

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.