Nevrologiya fanidan xalqaro olimpiada bo’lib o’tdi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Nevrologiya va tibbiy psixologiya kafedrasi hamda Rossiya Federatsiyasi Boshqirdiston davlat tibbiyot universiteti hamkorligida 2020-yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Nevrologiya” fanidan xalqaro olimpiada yil sayin tobora katta qiziqish uyg‘otmoqda.

📊 So‘nggi yillarda ushbu nufuzli tadbirga talabalar ishtiroki sezilarli darajada oshdi. Xususan, 2024–2025-yillarda 500 nafardan ortiq talabalar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, joriy yilda ham ishtirokchilar soni 200 nafardan ziyodni tashkil etmoqda.

🌍 Olimpiadada MDH davlatlaridan ishtirokchilarning faol qatnashayotgani uning xalqaro nufuzini yanada oshirmoqda.

🌐 Olimpiadaning o‘zbek, rus va ingliz tillarida o‘tkazilishi esa turli mamlakatlar talabalariga keng imkoniyatlar yaratib, bilim va tajriba almashish, ilmiy muloqotni rivojlantirish hamda nevrologiya sohasiga bo‘lgan qiziqishni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Translate: Uzbek

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.