Turkiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Istanbul Medipol universiteti huzuridagi “Medipol Mega” shifoxonasi qoshida faoliyat yurituvchi “PARMER” Ilg‘or tajriba markazi rahbari, yetuk mutaxassis Taxsin Ali Zirg‘ hamda bir qator tajribali professorlar ishtirokida, Toshkent davlat tibbiyot universiteti (ToshDavTU) professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuv doirasida “Harakat buzilishlarini davolashda bosh miyaning chuqur stimulyatsiyasi (Deep Brain Stimulation)” mavzusida muhim ilmiy taqdimot va tajriba almashinuvi amalga oshirildi. Tadbir davomida harakat buzilishlari, xususan, Parkinson kasalligi va boshqa nevrologik sindromlarni davolashda chuqur miya stimulyatsiyasining zamonaviy yondashuvlari, klinik natijalari va amaliy ahamiyati atroflicha muhokama qilindi.
Ushbu xalqaro hamkorlik tibbiyot sohasida ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, ilmiy salohiyatni oshirish hamda mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashinuvini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Translate:
Uzbek



