Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Nevrologiya va tibbiy psixologiya kafedrasida Talabalar ilmiy jamiyati(TIJ) kafedra bosqichi o’tkazildi! Tadbirni kafedra mudiri, professor Rahimbayeva Gulnara Sattarovna ochib berdilar!
Ilmiy mavzular taqdimotlari dolzarbligi, qiziqarliligi va talablarga mosligi muhim ahamiyat kasb etdi!
Bu safargi ilmiy ishlarning saviyasining yuqoriligi, o’ziga xosligi barchani diqqat e’tiborini tortdi. Bo‘lajak yosh kadrlarimizning bu sohaga qanchalik qiziqishlarini ularning ko’zlaridagi shijoatdan anglash mumkun!
Talabalarga kelgusida ilmiy hayot yo’llarida omad va zafarlar tilab qolamiz!!