«Oliy tibbiy ta’limda erishilgan yutuqlar va rivojlantirish istiqbollari» nomli anjumanda kredit-modul tizimi va o‘quv jarayonini tashkil etish, tibbiy ta’lim sifatini oshirishda simulyatsion o‘qitishning o‘rni, tibbiy ta’limda raqamlashtirishning ahamiyati va bosh ko’plab muammolar ta’kidlab o’tildi.
Nevrologiya va tibbiy psixologiya kafedrasining yosh assistenti S.A.Karahanova o’zining “Fransiya oliy psixomotor reabilitatsiya instituti va ularning tajribasini O‘zbekistonga tadbiq qilish imkoniyatlari” nomli ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.