2020 yil 2-3 mart kunlari “Yoshlar ittifoqi” press klubida “Startap tashabbuslari 2019” dasturi o’z yakunini topdi. TTA asab kasalliklari kaf. mud. Prof.Raximbaeva G.S. kafedrasidan loyixa asoschisi-magistr Rasulova Munisaxon, dots. Rasulova D.K., ass. Gazieva SH.R. tomonidan berilgan “LOGOS – afaziyali bemorlar nutqini tiklash uchun o’zbek tilida birinchi mobil ilova” startapi eng muvaffaqiyatli loyixalar 7 taligiga kirib sovrindor bo’ldi. LOGOS- mobil ilovasining afzalligi – tibbiy ma’lumoti bo’lmasa ham bemor yaqinlarini uydan chiqmasdan, nutq reabilitatsiyasi bilan uzluksiz shug’ullanish imkoniyatini beradi.
“Startap tashabbuslari 2019” dasturiga BMT Taraqqiyot dasturi, O’zbekiston savdo- sanoat palatasi, O’zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Yoshlar ittifoqi, IT Park, Rossiya Federatsiyasi moliyalashtirayotgan “O’zbekistonda yoshlar bandligiga ko’maklashish” qo’shma loyixalari doirasida amalga oshirilib, 2019 yil 13 oktyabrda start berilgan edi. TTA dan 3 ta loyixa : “LOGOS”-Nevrologiya va tibbiy psixologiya kafedrasi, “Sog’lom xomiladorlik”-akusherstva-ginekologiya kafedrasi, “LEGO human anatomy” -anatomiya kafedralari qatnashishdi. Respublika yoshlaridan jami 1520 qatnashchi-648 ta proekt qatnashib, og’zaki interv`yu bosqichida 44 ta proekt saralib olindi va yakuniy Demo day bosqichiga 15ta proektgina yetib keldi va investorlar oldida o’z proektlarini namoyish qilishdi. Ular orasida TTA bayrog’ini baland ko’tarib, akademiyamiz obro’siga munosib hissa qo’shgan bizning “LOGOS” komandamiz ham bor edi. Sovrindorlarni erishgan muvaffaqiyatlari bilan tabriklaymiz
Translate:
English Russian Uzbek