Bakalavriat

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Nevrologiya va tibbiy psixologiya kafedrasida bakalavriat yo’nalishi doirasida o’quv jarayonlarini samarali tashkil etish ta’lim sifatini ta’minlashning muhim omillaridan biridir. Ushbu jarayon talabalar bilim va ko’nikmalarini chuqurlashtirish, nazariy va amaliy bilimlarni uyg’unlashtirishga qaratilgan. O’quv rejalari va dasturlari milliy ta’lim standartlariga mos ravishda ishlab chiqiladi hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida olib boriladi. Ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, amaliy mashg’ulotlar, laboratoriya ishlar, ilmiy-tadqiqot faoliyati keng joriy etiladi. Shuningdek, o’qituvchilar va talabalar o’rtasida samarali muloqot o’rnatilishi, mustaqil ishga e’tibor qaratilishi talabalar mustaqil fikrlash va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Bakalavriat ta’limi davomida sifatli o’quv jarayonini tashkil etish uchun ta’lim muassasalari zamonaviy resurslar, infratuzilma va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanadi.

 

 

 

 

                

Nevrologiyadan sillabus

 

Translate: English Russian Uzbek